- Uncategorized @uz
-
by nanomedicalclinic
Bemorning shifokorga tashrif buyurishiga sabab bo’ladigan asosiy alomat – og’riqdir ❗️
Ammo, og’riq paydo bo’lganda bemorlar ko’pincha og’riq sababini bilmasdan, o’zlari og’riq qoldiruvchi vositalarni qabul qilishni boshlaydilar. 💊
Shuni esda tutish kerakki, og’riq qoldiruvchi vositalar oshqozonga ta’sir qiladi va o’tkir oshqozon yarasi, gastrit, oshqozon-ichak traktidan qon ketishiga olib kelishi mumkin. Ushbu asoratlar juda jiddiy va ko’pincha bemorning hayotiga xavf tug’diradi.
Bugungi kunda O‘zbekiston bozorida shifokor ko‘rsatmasisiz bemalol xarid qilish mumkin bo‘lgan ko‘plab mahalliy va xorijiy dori vositalari mavjud. Ko’plab bemorlar dozani, qabul qilish chastotasini, ma’lum bir dorini qabul qilish vaqtini bilmasdan turib o’z-o’zini davolashadi. Masalan: antibiotikni, uning dozasi va qo’llash muddatini noto’g’ri tanlash mikrobning mutatsiyasiga olib keladi va uning organizmdagi hayotiyligini oshiradi. Yoki vitaminlarni asossiz qabul qilish uxlab yotgan onkologik kasalliklarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Sizni qiziqtirgan savollar bo’yicha biz bilan bog’lanishingiz mumkin.
Qo’ng’iroqlar – 📞+998781130888
https://t.me/nanomedical